Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, Jazoirda uchrashuvlar o’tkazdi

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, Jazoirning Turkiyaning Afrikaga, Turkiyaning esa bu davlatning Markaziy Osiyoga kirish eshigi ekanligini aytdi.

2041174
Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, Jazoirda uchrashuvlar o’tkazdi

 

Transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralo'g'li, Jazoirning Turkiyaning Afrikaga, Turkiyaning esa bu davlatning Markaziy Osiyoga kirish eshigi ekanligini aytdi.

21-sentabr kuni Jazoirga rasmiy ziyorat qilgan vazir Uralo’g’li, ikki kunlik uchrashuvlarini baholadi.

Uraog'lu, mamlakatga tashrifini Jazoir Jamoat ishlari, irrigatsiya va asosiy inshootlar vaziri Lahdar Rahruh hamda transport vaziri Yusuf Sharfa mezbonlik qilganini bildirdi; u Baliqchilik va dengiz mahsulotlari vaziri Ahmad Badani va Jazoir pochta va aloqa vaziri Kerim Bibi Tirki bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazganini tushuntirdi.

Uchrashuvlarining juda samarali o'tganligini ifoda etgan Uralo'g'li, Jazoirda turk shirkatlarining mavjudligiga e'tibor qaratdi va shunday dedi:

Jazoir tomonlari bilan infratuzilma investitsiyalari, dengiz tuzilmalari, baliqchilik, aviatsiya va kommunikatsiya sohalarida qo'shilishi kerak bo'lgan qo'shma qadamlarni muhokama qilganliklarini bildirdi.

Uralo'g'li Turkiyaning Pekindan boshlanib Londongacha bo'lgan o'rta koridorda joylashganiga diqqat qaratdi.

U o'rta yo'lak ustidagi jiddiy ishlardan tashqari, Fav portidan Habur va Ovako'y chegara darvozalarigacha cho'zilgan rivojlanish yo'lida ham ish boshlashlarini ta'kidladi.

Jazoirning Afrikadagi mavqeining ahamiyatiga diqqat qaratgan Uralo'g'li, “Turkiya uchun bu (Jazoir) Afrikaga muhim darvoza bo'lsa-da, Jazoir uchun Turkiya aslida Markaziy Osiyo va turk respublikalari uchun muhim darvoza bo'ladi.

Shuning uchun biz dengiz savdosini yanada rivojlantirishimiz kerak”. u aytdi.

Jazoir Jamoat ishlari, irrigatsiya va asosiy inshootlar vaziri Rahruh, Turk-Jazoir ishbilarmonlar forumiga vazir Uraog'lu bilan birga qatnashganliklarini eslatib, bu uchrashuvlarning juda samarali bo'lganini aytdi.

Rahruh, Turk firmalarining Jazoirdagi eng yirik xorijiy sarmoyadorlar ekanligiga diqqat qaratdi.

Turkiyaning Jazoirdagi sarmoyalari yanada ortishini bildirdi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar