Erdo'g‘an va Netanyaxu o‘zaro tashrif bo‘yicha kelishib oldi

"Netanyaxu kasallik tufayli avvaldan rejalangan tashrif bilan Turkiyaga kela olmagandi. Uni qayta mamlakatga taklif qildim. Keyin men ham delegatsiya bilan Isroilga boraman, dedim. Xullas, kelishib oldik",-deydi Erdo'g'an.

2040744
Erdo'g‘an va Netanyaxu o‘zaro tashrif bo‘yicha kelishib oldi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g‘an Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan o‘zaro ikki tomonlama tashrif buyurishga kelishib oldi.

Bu haqda Erdog‘an Nyu-Yorkda turk jurnalistlariga shunday dedi:

"Netanyaxu kasallik tufayli avvaldan rejalangan tashrif bilan Turkiyaga kela olmagandi. Uni qayta mamlakatga taklif qildim. Keyin men ham delegatsiya bilan Isroilga boraman, dedim. Xullas, kelishib oldik".

Uning so‘zlariga ko‘ra, tashriflarni kechiktirmasdan amalga oshirish kerak. Isroil bilan energiya resurslari sohasida qazilma ishlarini boshlash kerak.

“Anadolu” agentligi xabarida Erdog‘an “Isroil bilan energetika sohasidagi hamkorlik mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘pgina muammolarni yechishga xizmat qiladi, energiya resurslarini Turkiya orqali Yevropaga tashish imkoni yaratiladi”, degan.

Uchrashuv chog‘ida xalqaro siyosiy hamkorlik istiqboli ham ko‘rib chiqilgan.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Binyamin Netanyaxu , #Isroil , #Turkiya

Aloqador xabarlar