Yashar Guler Zakir Hasanovni tabrikladi

Milliy Mudofaa vaziri Guler, Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanovga telefon orqali qo‘ng‘iroq qildi.

2040631
Yashar Guler Zakir Hasanovni tabrikladi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler, Ozarbayjon armiyasining Qorabog‘dagi anti – terror amaliyotida qo‘lga kiritgan muvaffaqiyati ustidan Mudofaa vaziri Zakir Hasanovni tabrikladi.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra Milliy Mudofaa vaziri Guler, Ozarbayjon Mudofaa vaziri Hasanovga telefon orqali qo‘ng‘iroq qildi.

Amaliyotning muvaffaqiyatli ravishda yakunlanishi munosabati bilan hamkasbi Hasanovni tabriklagan Guler, Turkiya har doimgidek bugun ham Ozarbayjonning yonida ekanini bildirdi.

Guler, amaliyotda shahid bo‘lgan askarlar uchun ta’ziya izhor etib, tan jarohati olgan askarlarga shifo tiladi.

Vazirlar, turli masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.


Tanlangan kalimalar: #Qorabog‘ , #Zakir Hasanov , #Yashar Guler

Aloqador xabarlar