Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zladi

Erdo'g'an o'z nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi endi dunyo xavfsizligining kafolatiga aylanganini emas, balki 5 davlatning siyosiy strategiyalarining jang maydoniga aylanganini aytdi.

2039740
Erdo'g'an BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq so'zladi.

Erdo'g'an o'z nutqida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi endi dunyo xavfsizligining kafolatiga aylanganini emas, balki 5 davlatning siyosiy strategiyalarining jang maydoniga aylanganini aytdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning “Ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil etilgan institutlar bugungi dunyoni aks ettirmaydi” degan bayonotiga Turkiya ham qo’shilishini ta’kidlagan Erdo'g’an: “Xavfsizlik Kengashi endi dunyo xavfsizligining kafolati emas, u 5 ta davlatning siyosiy strategiyalari jang maydoniga aylandi”,-dedi.

U shuningdek, BMT boshchiligida dunyo xavfsizligi, tinchligi va farovonligini ta’minlashdan mas’ul bo’lgan muassasalarni imkon qadar tezroq qayta qurish zarurligini ta’kidladi.

"Biz geografiyasi va demografiyasi bilan dunyodagi barcha kelib chiqishi, e'tiqodlari va madaniyatlarini ifodalashga qodir bo'lgan global boshqaruv arxitekturasini qurishimiz kerak",-deydi Erdo'g'an.

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Ukrainadagi mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal etishga qaratilgan sa’y-harakatlarni davom ettirishini va har qanday yordamni ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

“Biz avvaliga bu urushda g‘olib yoki mag‘lub bo‘lmaydi, deb aytgandik. Turkiya doimiy ravishda tomonlarni muzokara stoliga o‘tirishga chaqirib keladi. Biz urushni diplomatiya va muloqot yo‘li bilan tugatishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni tobora ko‘proq davom ettiramiz. Ukrainaning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uchun biz har qanday yordamni ko‘rsatishga, buning uchun chora ko‘rishga tayyormiz”, deydi u. 

Erdo‘g‘an don shartnomasini qayta tiklash istiqbollari haqida gapirar ekan, Anqara “g‘alla bo‘yicha kelishuvlarni qayta tiklash uchun sa’y-harakatlarni davom ettirishini” va “don kelishuvining barcha shartlarini bajarmaslik yangi inqirozlarga olib kelishini” aytdi.

Prezident shuningdek, Suriyaning hududiy yaxlitligi va siyosiy birligiga tahdid solayotgan eng katta xavf bu mamlakatda manfaatdor kuchlar nazorati ostidagi terror tashkilotlariga ochiqdan-ochiq yordam berish ekanligini ta’kidladi.

"Ayniqsa, Suriya va Iroq, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Sahelda DEASH va shunga o’xshash guruhlarni o’z manfaatlari uchun niqob qilib olganlarning ikkiyuzlamachiligidan charchadik”,- deydi Erdo'g'an.

Erdo‘g‘an terror tashkilotlari bilan faqat o‘z siyosiy va iqtisodiy manfaatlari yo‘lida hamkorlik qilishda davom etayotgan davlatlarning terrorizm va u bilan bog‘liq muammolar haqida shikoyat qilishga haqqi yo‘qligini aytdi.

Yaqin Sharqda doimiy tinchlik faqat Falastin-Isroil muammosining yakuniy yechimi bilan bo'lishiga diqqat qaratgan Erdo'g'an, “Isroil 1967 yilgi chegaralar asosida mustaqil va geografik jihatdan integratsiyalashgan Falastin davlatini barpo etmasdan turib, tinchlik va xavfsizlikka erishishi qiyin”,-dedi.

"Bizning hech kimda ko'zimiz yo'q va biz hech kimga bizning huquqlarimizdan voz kechishiga yo'l qo'ymaymiz",-deydi Turkiya prezidenti.

Erdo'g’an o'z nutqida, xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Kipr Turk Respublikasining mustaqilligini tan olishga va bu davlat bilan diplomatik, siyosiy va iqtisodiy aloqalar o’rnatishga chaqirdi.

Prezident Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga a’zoligi haqida shunday dedi: “Yevropa Ittifoqidan umidimiz, mamlakatimiz oldidagi majburiyatlarini tezda bajarishi va Turkiyaga nisbatan ikki tomonlama munosabatlarga barham berishidir".

Ozarbayjon-Armaniston munosabatlariga to’xtalgan Prezident Erdo'g’an, ikki davlat o’rtasidagi muzokara jarayonini boshidanoq qo’llab-quvvatlaganligini, lekin Armanistonning bu tarixiy imkoniyatdan foydalana olmaganligini aytdi.

Armaniston va'dalarini bajarishini, ayniqsa Zangezur koridorining ochilishini kutayotganini ifoda etgan Erdo'g'an, "Hozir hamma qabul qilganidek, Qorabog' Ozarbayjon hududi hisoblanadi. Bundan boshqa maqomning o'rnatilishi hech qachon qabul qilinmaydi",- dedi.


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar