Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi Turk uyida uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

2039135
Erdo‘g‘an Nyu-Yorkda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qildi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Nyu-Yorkdagi Turk uyida uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Erdo’g’an kunning dastlabki soatlarida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergni qabul qildi.

"Biz NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasi doirasida uchrashdik va kun tartibimizdagi mintaqaviy va global masalalarni muhokama qildik. Har doimgidek, NATO missiyalarini eng faol qoʻllab-quvvatlovchi davlatlardan biri boʻlishda davom etamiz" deb yozdi Erdo’g’an ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Erdo’g’an o’z navbatida Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan ham uchrashdi.

"Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan Turk uyida bo'lgan uchrashuvimiz chog'ida mintaqaviy masalalar bilan bir qatorda, ikki tomonlama munosabatlarimizni ham muhokama qilish imkoniyatiga ega bo'ldik. Janob Duda bilan uchrashuvimiz mamlakatlarimiz va mintaqamiz uchun foydali bo'ladi degan umiddaman”,-dedi Erdo’g’an uchrashuv yakunlari bo’yicha bergan ma’lumotida.

Erdo’g’an kunning ikkinchi yarmida Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tebbun bilan uchrashdi.

Erdo’g'an bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Uchrashuv chog'ida ikki davlat o'rtasidagi siyosiy va iqtisodiy aloqalar, shuningdek, BMT kun tartibidagi masalalar, mintaqaviy va global o'zgarishlar, Afrikadagi taranglikni bartaraf etish va ikki davlatning yechim takliflari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar