Numan Kurtulmush Liviya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmush Liviya Davlat Oliy Kengashi rahbari Muhammad Tekele bilan telefon orqali muloqot qildi.

2036741
Numan Kurtulmush Liviya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi

 

Turkiya parlamenti rahbari Numan Kurtulmush Liviya Davlat Oliy Kengashi rahbari Muhammad Tekele bilan telefon orqali muloqot qildi.

Numan Kurtulmush suhbat chog'ida Liviyada sodir bo'lgan sel falokatida ko'plab insonlarning halok bo'lganligi munosabati bilan Liviya hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi.

Falokatdan chuqur qayg'uda ekanligini ifoda etgan Kurtulmush, qardosh Liviya xalqining dardiga sherik ekanligini bildirdi.

U shuningdek, turk xalqi ushbu ayanchli falokatning talofatlarini imkon qadar tezroq bartaraf etish uchun har qanday yordamga tayyor ekanini tilga oldi.

Liviya Prezidentlik kengashi raisi o'rinbosari Musa al-Quni ham ushbu qiyin kunida Liviyaga ko'rsatgan beg'araz yordamlari uchun Turkiyaga minnatdorlik bildirdi.

Prezidentlik kengashi matbuot idorasi tomonidan berilgan yozma bayonotda, Musa al-Quni poytaxt Tripolida Turkiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiylari bilan uchrashgani ma'lum qilindi.

Bayonotda, Turkiyadan kelgan delegatsiya Liviya sharqida, ayniqsa Derna shahridagi sel falokatida hayotdan ko'z yumganlar uchun Prezident Erdo'g'an va Turkiya nomidan hamdardlik izhor etgani qayd etildi.

Liviya Prezidentlik kengashi raisi o'rinbosari Musa al-Quni, "Turkiya Liviya xalqi duch kelgan barcha qiyinchiliklarni yengishda bizni qo'llab-quvvatladi" deb ta'kidladi.

Falokatdan keyin qutqaruv jarayoniga va sel suvlarida bedarak yo'qolganlarni qidirib topishga Turkiyadan kelgan mutaxassis guruhlar hissa qo'shganini qayd etdi.

Musa al-Quni ko'rsatayotgan yordamlari uchun Turkiyaga chin dildan minnatdorlik bildirdi.


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar