Prezident Erdog'anning yangi konstitutsiyaga urg'usi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, jamiyatdan orqada qolmasdan, insonlarni birinchi o’ringa qo’ygan, millatning xilma-xilligi va boyligini aks ettiruvchi, jamiyatga dinamizm qo’shadigan konstitutsiyani maqsad qilganliklarini bildirdi.

2036382
Prezident Erdog'anning yangi konstitutsiyaga urg'usi

 

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, jamiyatdan orqada qolmasdan, insonlarni birinchi o’ringa qo’ygan, millatning xilma-xilligi va boyligini aks ettiruvchi, jamiyatga dinamizm qo’shadigan konstitutsiyani maqsad qilganliklarini bildirdi.

Prezident Erdog’an poytaxt Anqarada o’tkazilgan Yangi Konstitutsiya Simpoziumiga qatnashdi.

Mamlakatga yangi, fuqarolik, demokratik, liberal va qamrab oluvchi konstitutsiya berish maqsadidan voz kechmaganliklarini ta’kidlagan Erdog’an:

Turkiya asr maqsadimizning unsurlaridan biri bo’lgan yangi konstitutsiyani millatimizga olib kelmagunimizcha ishlashdan, harakat qilishdan va kurashdan hech qachon to’xtamaymiz” dedi. u

Amaldagi konstitutsiyaning barcha o'zgarishlar bilan ehtiyojlarni qondirishdan uzoq ekanligini ta'kidlagan Erdo'g'an:

 

Bu konstitutsiya bilan yashashni davom ettirish siyosat uchun ham, mamlakat uchun ham ko‘tarib bo‘lmaydigan yuk bo‘lib qolganini aytdi.

Prezident Erdog'an,

– Biz insonga ustuvor ahamiyat beradigan, millatning rang-barangligi va boyligini o‘zida aks ettiruvchi, jamiyatga dinamizm qo‘shadigan, ortda qolmaydigan Konstitutsiyani ishlab chiqishni maqsad qilganmiz. dedi.

Erdog'an,

"Men barcha siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati va akademik a'zolarni eng ideal konstitutsiyaviy matnni topish uchun gaplashaylik, muhokama qilaylik va muzokaralar olib borishga chaqiraman".  Deya ifoda etdi.

Yangi konstitutsiyaning maqsadi xususida Prezident shunday dedi:

"Parlamentdagi barcha guruhlar bilan gaplashamiz, uchrashamiz. Agar ular bunga ijobiy qarasa, yo'limizda davom etamiz. Xalq ittifoqi sifatida bunga tayyormiz". dedi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar