Turkiya seldan jabrlangan Liviyaga yordam qo'lini uzatmoqda

Turkiya hukumati Liviyaga qidiruv-qutqaruv guruhlari va gumanitar mahsulotlar ortilgan uchta yuk samolyotini yubormoqda. Ulardan birinchisi poytaxt Anqaradan jo'nab ketdi.

2036030
Turkiya seldan jabrlangan Liviyaga yordam qo'lini uzatmoqda

 

Turkiya seldan zarar ko'rgan Liviyaga yordam qo'lini uzatdi.

Milliy Mudofaa Vazirligining xabar berishicha, Liviyaga qidiruv-qutqaruv guruhlari va gumanitar mahsulotlar ortilgan uchta yuk samolyotidan birinchisi poytaxt Anqaradan jo'nab ketgan.

Tabiiy ofat va Favqulodda Vaziyatlar Boshqaruvi (AFAD) rahbari Okay Memish 3 ta yuk samolyotida Liviyaga qidiruv-qutqaruv guruhi va jihozlarini yuborishini, parvozlar har 4 soatda bir tashkil etilishini ma'lum qildi.

"Turkiya, turk davlati va turk xalqi do’st va qardosh Liviya xalqiga yordam qo'lini uzatadi",-deydi u.

Mamlakat prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an Liviyada sodir bo'lgan sel falokati tufayli ijtimoiy tarmoq orqali munosabat bildirdi.

"Turkiya Liviya xalqi bilan birga. AFAD boshqarmasi yetakchiligida 3 ta samolyot Bing'oziga parvoz qiladi",-deydi Turkiya prezidenti.

Liviya xalqiga hamdardlik bildirgan Erdo'g'an, “Birinchi bosqichda samolyotimizda 168 nafar xodim, 2 ta qidiruv-qutqaruv mashinasi, 2 ta qutqaruvchi qayigʻi hamda 170 ta chodir, 600 ta koʻrpa-toʻshak, 400 ta oziq-ovqat va gigiyena posilkalari, 20 ta generator, 1000 ta yomgʻir yopinchig'i, 500 ta etik va 500 ta qo'l fonari o'rin olgan",-dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Liviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar