Gretsiya tashqi ishlar vaziri Turkiyaga tashrif buyurmoqda

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis tashrif doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashadi.

2033115
Gretsiya tashqi ishlar vaziri Turkiyaga tashrif buyurmoqda

 

Gretsiya tashqi ishlar vaziri Yorgos Yerapetritis bugun Turkiyaga tashrif buyuradi.

U tashrif chog’ida mamlakat tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan bilan uchrashadi. Uchrashuvda Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an va Gretsiya bosh vaziri Kiryakos Mitsotakisning Nyu-York shahrida o’tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuviga tayyorgarlik masalasi muhokama qilinadi.

Turkiyaga tashrifi oldidan bayonot bergan Yerapetritis, prezident Erdo’g’an va Mitsotakisning Vilnyus shahrida bo’lib o’tgan NATO sammiti doirasida uchrashganligini va uchrashuv ijobiy muhitda o’tganligini aytdi.

U shuningdek, ikki yetakchi Turkiya va Gretsiyani murosa yo’liga qaytarishga qaror qilganini qo’shimcha qildi.

“Hamkasbim bilan rahbarlarimiz oʻrtasida Nyu-Yorkda boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi doirasida oʻtadigan, mamlakatlarimiz oʻrtasida muntazam hamkorlik qilish niyatini tasdiqlaydigan navbatdagi yigʻilishga zamin tayyorlash hamda 7 yildan so’ng dekabr oyida Selanikda bo’lib o’tadigan birinchi Oliy Darajali Hamkorlik Kengashi yig’ilishiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Turkiyaga tashrif buyuraman”,-deydi Gretsiya tashqi ishlar vaziri.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yorgos Yerapetritis , #Turkiya , #Gretsiya

Aloqador xabarlar