TEKNOFEST o‘z yakuniga yetdi

Dunyoning eng katta kosmik, aviatsiya va texnologiya festivali TEKNOFEST o‘z yakuniga yetdi.

2032812
TEKNOFEST o‘z yakuniga yetdi
teknofest ankara1.jpg
teknofest ankara.jpg

Respublikaning 100 - yilligi munosabati bilan poytaxt Anqarada ilk marotaba o‘tkazilgan va yurtdoshlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgan dunyoning eng katta kosmik, aviatsiya va texnologiya festivali TEKNOFEST o‘z yakuniga yetdi.

30 - avgustdan 3 – sentabrga qadar Etimesgut aeroportida o‘tkazilgan festival, 125 ta muassasa ishtirokida amalga oshirildi.

Ko‘plab tadbirlarga mezbonlik qilgan va to‘liq mustaqil Turkiya uchun “Milliy Texnologiya Harakati” vizyoni bilan millionlab insonni birlashtirgan “TEKNOFEST Ankara”, yana bir bor hayajonni osmonlarga ko‘tardi.

Tadbir davomida Turk Yulduzlari, SOLOTÜRK, HÜRKUŞ, GÖKBEY, AKSUNGUR, Bayraktar TB2, Jandarmeriya Chelik Qanotlari, Akinji, ATAK vertolyoti va ANKA turli namoyishlari bilan TEKNOFEST ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdi.

“TEKNOFEST Ankara”da reklama va tadbir stendlari ham o‘rin oldi.

Roppa – rosa 5 kun davom etgan festivalga Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bilan vazirlar bosh bo‘lish bilan birga ko‘plab iqtisodiyot, siyosat va ish dunyosidan taniqli insonlar tashrif buyurdilar.

TEKNOFEST yetakchiligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, TEKNOFESTga 943 ming kishi tashrif buyurgan.

Bu yilgi so‘nggi TEKNOFEST esa, 27 - sentabrdan 1 – oktyabrgacha mamlakatning Izmir shahrida bo‘lib o‘tadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar