Turkiya, Janubiy Afrikada hayotdan ko'z yumganlar uchun hamdardlik bildirdi

Turkiya, Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi binoda sodir bo'lgan yong'in oqibatida hayotdan ko'z yumganlar uchun hamdardlik maktubi tarqatdi.

2032039

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda,

“Kecha Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahridagi binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlanganini katta qayg‘u bilan bilib oldik.

Do‘st Janubiy Afrika xalqi va hukumatiga hamdardlik bildiramiz, fojiali voqeada halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildiramiz va jarohat olganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”.

Kecha ertalab Yoxannesburg shahar markazining Marshaltaun  dahasida  sodir bo‘lgan yong‘inda kamida 74 kishi halok bo‘ldi, 250 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Tanlangan kalimalar: #Hamdardlik , #Janubiy Afrika , #Turkiya

Aloqador xabarlar