Turkiya Savdo vaziri O'mer Bo’lat Iroqqa tashrif buyurdi

Turkiya Savdo vaziri O'mer Bo’lat Bag'dodga tashrifi chog'ida Iroq Bosh vazir o'rinbosari va Rejalashtirish vaziri Muhammed Ali Temim bilan uchrashdi.

2030372
Turkiya Savdo vaziri O'mer Bo’lat Iroqqa tashrif buyurdi

 

Savdo vaziri O'mer Bo’lat, do'st va qardosh Iroq bilan aloqalarni barcha sohalarda, ayniqsa savdo, sarmoya, kontrakt va logistika sohalarida ancha yuqori darajaga ko'tarajaklarini bildirdi.

Vazir Bo’lat ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan xabarida Bag'dodga tashrifini Iroq Bosh vazir o'rinbosari va Rejalashtirish vaziri Muhammed Ali Temim bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazish bilan boshlaganliklarini bildirdi.

Turkiyaning yetakchi ish dunyosi vakillari ishtirokidagi tashrif doirasida,

O'zaro investitsiyalar va savdo hajmini yanada kuchaytirish uchun olinishi mumkin bo'lgan aniq qadamlarni muhokama qilganliklarini bildirgan Bolat:

“Biz bojxona, import va standartlashtirish sohasidagi umidlarimizni bildirish imkoniga ega bo‘ldik.

Shuningdek, pudratchilarimizning Iroq infratuzilmasi va ustki tuzilmalarini qurishga qo‘shishi mumkin bo‘lgan hissalari, Iroq tomonidan rejalashtirilgan yangi shaharlar va yangi hududlarni rivojlantirish borasida fikr almashdik.

 Do'st va qardosh Iroq bilan aloqalarimizni barcha sohalarda, ayniqsa savdo, sarmoya, kontrakt va logistika sohalarida ancha yuqori darajaga olib chiqamiz” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Iroq

Aloqador xabarlar