Edi Rama Erdo'g'anning Gretsiyaga nisbatan yomon niyati yo'qligini aytdi

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Gretsiya matbuotiga bergan intervyusida Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an haqida iliq so'zlarni tilga oldi.

2030083
Edi Rama Erdo'g'anning Gretsiyaga nisbatan yomon niyati yo'qligini aytdi

 

Albaniya Bosh vaziri Edi Rama Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an bilan strategik hamkorlik kelishuvi imzolaganini aytdi.

Gretsiya matbuotiga intervyu bergan Edi Rama, Albaniya va ayniqsa Turkiya-Gretsiya aloqalarini yaqindan qiziqtirgan mavzularga to'xtaldi.

"Prezident Erdo'g'an bilan strategik hamkorlik kelishuvimiz bor, lekin men prezident Erdo'g'an yoki (Yunon Bosh vaziri) Kiryakos Mitsotakis o'rtasida, ya'ni Gretsiya va Turkiya o'rtasida tanlov qilishimiz kerak deb o'ylamayman. Biz ikkalasini ham hurmat qilamiz. Ularning bir-birini yoqtirmasligi biz uchun muammo yaratmasligi kerak",-deydi u.

Edi Rama shuningdek, Albaniya va Gretsiya o'rtasidagi dengiz yurisdiktsiyasiga to'xtalib o'tdi.

"Prezident Erdo'g'an hech qachon, bu masalada nima bo'layotganini so'ramagan. Hech qachon. U kurashini davom ettirish uchun Albaniyaga muhtoj emas",-deb qo'shimcha qiladi Edi Rama.

U shuningdek, Prezident Erdo'g'anning yunonlarga qarshi emasligini ta'kidladi.

"Siz buni juda yaxshi bilasiz deb o'ylayman. Prezident Erdo'g'an hatto bosh vazir bo'lganida ham Kipr masalasida kelishuvga erishishga jur'at qilgan shaxs. Esingizdami, bu uning Anqaradagi faoliyati uchun juda xavfli ish edi va u shunday qildi" deydi u.

“Gretsiya duch kelgan og‘ir inqiroz davrida Erdo‘g‘an bu vaziyatdan foydalanib, vaziyatni og‘irlashtirganini ko‘rmadim, chunki agar u Gretsiyani yo‘q qilmoqchi bo‘lsa yoki Gretsiyani yo‘q qilishni niyat qilgan bo‘lsa edi, vaziyatdan foydalanib va qolaversa qochqinlardan foydalanib, buni yanada og'riqli narsaga aylantirishi mumkin edi, lekin u buni qilmadi. Darhaqiqat, men unda (Prezident Erdo'g'an) Gretsiya va yunon xalqiga nisbatan yomon his-tuyg'ularga ega bo'lgan tushunchani hech qachon ko'rmaganman",-deydi Albaniya Bosh vaziri Edi Rama.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Erdo'g'an , #Edi Rama

Aloqador xabarlar