Erdo'g'an "Yangi Turkiya"ni barpo etishga qaror qilganini aytdi

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an bu so’zlarni poytaxt Anqarada Adolat va taraqqiyot partiyasining 22 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda tilga oldi.

2028955
Erdo'g'an "Yangi Turkiya"ni barpo etishga qaror qilganini aytdi

 

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo'g'an yanada obod, obro'li, kuchli va tinch Turkiyani barpo etib, xalqqa bergan va'dasini bajarishini aytdi.

Erdo’g’an bu so’zlarni poytaxt Anqarada Adolat va taraqqiyot partiyasining 22 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda tilga oldi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Turkiyada 22 yillik boshqaruvi davrida kuchli demokratiya, erkinlik va farovon iqtisodiy rivojlanish davri boshlandi.

“Ushbu 22 yillik boshqaruvi davriga ta’lim, sog‘liqni saqlash, adliya, xavfsizlik, transport, sanoat, iqtisod, qishloq xo‘jaligi, bir so‘z bilan aytganda, hayotning barcha jabhalarida ko‘rsatilgan xizmatlardan bir necha barobar ko‘pini sig‘dira oldik”,- dedi Erdo’g’an.

Yoshlarga va’da berganidek, “Turkiya Asri”ni qurishga qat’iy qaror qilganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligida (2023) birinchi darajali demokratiya, birinchi darajali iqtisodiyot va porloq kelajak mamlakatga mos kelishiga bo’lgan ishonchini tilga oldi.

“Prezident sifatida boshqaruvimning ustalik davrida har jihatdan yanada farovon, xavfsiz, obro’li, kuchliroq va tinchroq Turkiyani bunyod etib, millatimizga bergan va’damizni bajaramiz” dedi Erdo’g’an.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar