Hakan Fidanning Bog‘dodga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidanning Iroq poytaxti Bog‘dodga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda.

2028618
Hakan Fidanning Bog‘dodga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda

Turkiya Respublikasi Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning Iroq poytaxti Bog‘dodga bo‘lgan tashrifi davom etmoqda.

Tashqi Ishlar vazirligi ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Fidanning Iroq ziyorati munosabatiga e’tibor qaratar ekan unda, Hakan Fidanning, “Hashdi Shabi” komissiyasi rahbari Falih al-Fayyod bilan uchrashgani ma’lum qilindi.

Fidan, 22 - 24 avgust kunlari deb belgilangan Bog‘dod tashrifining ilk kunida, Iroq Tashqi ishlar vaziri Fuad Husayn bilan uchrashdi.

Fidan kecha Iroq Prezidenti Abdullatif Rashid va Iroq Bosh vaziri Muhammed Shiya as-Sudoniy, Iroq parlamenti raisi Muhammed Halbusiy, Malayziya Tashqi ishlar vaziri Zambri Abdul Qodir, Iroq Turkman jabhasi rahbarlari va Iroq Turkman jamiyati yetakchilari, Iroq Mustaqillik ittifoqi rahbari Hamis Hancher tomonidan qabul qilindi. Fatih ittifoqi rahbari Hadi Amiriy, Milliy hikmat oqimi rahbari Ammar al-Hakim va avvalgi bosh vazirlardan biri, Qonun Davlati koalitsiyasi rahbari Nuriy al-Malikiy bilan uchrashgandi.

Hakimning matbuot xizmati tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotda, Tashqi ishlar vaziri Fidanning Bog‘dodga uyushtirgan tashrifi, Iroq va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlashtirishi qayd etildi.

Tashqi Ishlar vaziri Fidanning Arbilga borib, Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (IKRG) vakillari bilan uchrashishi kutilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bog‘dod , #Hakan Fidan , #amaliy tashrif

Aloqador xabarlar