Ko‘ja: Covid – 19 ning yangi varianti Turkiyada hozirgacha kuzatilmadi

Faxrettin Ko‘ja Kirshehirda bayonot berib, Covid - 19 ning yangi variantiga qarshi qanday chora ko‘rilishiga e'tibor qaratdi.

2028288
Ko‘ja: Covid – 19 ning yangi varianti Turkiyada hozirgacha kuzatilmadi

Sog‘liqni Saqlash vaziri Faxrettin Ko‘ja, yangi turdagi koronavirusning (Covid-19) yangi varianti Turkiyada hozirgacha kuzatilmaganini qayd etdi.

Faxrettin Ko‘ja Kirshehirda mavzu haqida bayonot berib, uyga qamalgan bir paytlarni nazarda tutgan holda, aslo u davrga qaytish holati yo‘qligi va bu gal grippga qarshi qanday kurashilsa, jarayonning xuddi shunday davom etishini bildirdi.

Faxrettin Ko‘ja,

“Mutatsiya bilan kun o‘tgan sari o‘z kuchini yo‘qotgan variantga guvoh bo‘lyapmiz. Kasalxonaga yotishni orttirgan holat yo‘q. Yurtdoshlarimiz xotirjam bo‘lsinlar. Undan saqlanish choramiz umuman olganda gripga nisbatan qanday bo‘lsa, keyingi jarayonda ham xuddi shunday bo‘lishi lozim.

Har doimgidek keksalarimiz, surunkali kasalliklarga chalingan buyuklarimiz gavjum muhitlarda, ayniqsa virus yuqtirib olgan fuqarolarimizdan uzoq turishi zarur”. – dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Faxrettin Ko‘ja , #Covid-19

Aloqador xabarlar