Hakan Fidan Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan va Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna Qora dengiz don kelishuvi masalasini muhokama qilgan.

2026166
Hakan Fidan Fransiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko’ra, muloqot Fransiya vazirining iltimosiga binoan amalga oshirilgan.

Hakan Fidan suhbat chog’ida Fransiya tashqi ishlar vaziriga Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumatining “Pile-Yigitler” yo'li loyihasi haqida ma'lumot bergan.

Vazirlar shuningdek, Qora dengiz don kelishuvi masalasini ham muhokama qilgan.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Pile-Yigitler” yo'li loyihasining Shimoliy Kipr Turk Respublikasidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti nazorati ostidagi Yashil chiziqdagi Pile qishlog'iga oson kirishni ta'minlash uchun butunlay insonparvarlik sabablarga ko'ra tayyorlanganligini e'lon qilgandi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda, “Pile-Yigitler” yo'lini kengaytirish va yaxshilash uchun tayyorlangan loyiha, Pile aholisining mintaqadagi hududlarga osonlik bilan kirishini ta'minlash, mintaqa aholisini iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va Pile qishlog'ini Britaniya suveren bazasi hududiga muhtoj bo'lmasdan o'tkazish uchun tayyorlanganligi ta'kidlangandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Fransiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar