Zahiriy:"Turkiya zamonaviy va rivojlangan sog'liqni saqlash tizimiga ega"

Birlashgan Arab Amirliklarining Turkiyadagi elchisi Said Sani ez-Zahiriy Istanbulda Turk-Arab Davlatlari Hamkorlik Jamiyati (TÜRAP) tomonidan uyushtirilgan 1-Turabexpo salomatlik turizmi yarmarkasida matbuotga intervyu berdi.

2025920
Zahiriy:"Turkiya zamonaviy va rivojlangan sog'liqni saqlash tizimiga ega"

 

Birlashgan Arab Amirliklarining Turkiyadagi elchisi Said Sani ez-Zahiriy Turkiya zamonaviy, ilg'or va rivojlangan sog'liqni saqlash tizimiga ega ekanligini aytdi.

Zahiriy, Istanbulda Turk-Arab Davlatlari Hamkorlik Jamiyati (TÜRAP) tomonidan uyushtirilgan 1-Turabexpo salomatlik turizmi yarmarkasida matbuotga bayonot berdi.

Uning ta'kidlashicha, Turabexpo salomatlik turizmi yarmarkasi kabi faoliyatlar arab davlatlarini Turkiyada birlashtirmoqda.

"Salomatlik turizmida juda yaxshi ko'rsatgichlar bor. Turizm maqsadida kelgan 140 ming kishining bir qismi Turkiyaga sog'lik turizmi va tibbiy xizmat uchun keladi" dedi u.

U shuningdek, Turkiya juda yaxshi va rivojlangan sog'liqni saqlash tizimiga ega ekanligini aytdi.

Kecha Istanbulda Turkiya va arab davlatlaridan tibbiyot sohasi yetakchilari, sog'liqni saqlash idoralari va shifokorlar ishtirokida boshlangan yarmarka bugun yakunlanadi.


Tanlangan kalimalar: #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar