Erdo‘g‘an: Buyuk va kuchli Turkiya maqsadi sari qat’iy qadam tashlamoqdamiz

Prezident Erdo‘g‘an, Nevshehirda uyushtirilgan (mashhur mutafakkir) Hoji Bektosh Velining vafotining 752 - yilligi munosabati bilan uni yodga olish marosimiga videomurojaat yo‘lladi.

2023744
Erdo‘g‘an: Buyuk va kuchli Turkiya maqsadi sari qat’iy qadam tashlamoqdamiz

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an turli qiyinchiliklarga qaramay, buyuk va kuchli Turkiya maqsadi sari qat’iy qadam tashlayotganliklarini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an, Nevshehirda uyushtirilgan (mashhur mutafakkir) Hoji Bektosh Velining vafotining 752 - yilligi munosabati bilan uni yodga olish marosimiga videomurojaat yo‘lladi.

O‘z so‘zida birlik va hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an,

O‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan va 6-fevral kuni sodir bo‘lgan, “asr falokati” deb ta‘riflangan, mamlakatning 11 viloyatida terang his qilingan 7,7 va 7,6 magnitudali yer silkinishi ortidan yurt bo‘ylab bir yoqadan bosh, bir yengdan qo‘l chiqarib, voqea izlarini bartaraf etish sa’y – harakatida bo‘lganliklarini qayd etdi.

Yer silkinishidan atigi 3 oy o‘tib Turkiya tarixidagi eng muhim saylovlardan birini qardoshlikka munosib tarzda demokratiya ziyofatidek muhitda o‘tkazganliklarini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“Shunday nozik bir davrda oʻylab ko‘rib, uzoqni koʻzlab harakat qilish orqali kelib chiqish va mazhabiga koʻra fitna uyushtirilishiga yo‘l qo‘ymadik. Saylov qutilari bekitilgach, saylov muhitini ortda qoldirib, hammamiz birgalikda, Turk asrining qurilishini boshladik”. - dedi.

Turkiya Respublikasining ikkinchi asrini, xalq asriga aylantirish uchun safarbarlik qilayotganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Turli qiyinchiliklarga duch kelsak ham, katta va kuchli Turkiya maqsadi sari qat’iy qadam tashlamoqdamiz. Kelajagimiz uchun olib borgan kurashimizda bizning oziq – ovqatimiz hazrati Hoji Bektosh Veliyning insoniylik, mehr-oqibat va birodarlikni tarannum etuvchi so‘zlaridir. Bizga 72 xalqqa bir xil ko‘z qarashni tavsiya qilgan bu so‘zlarni mahkam ushlab, xalqimiz va butun insoniyatga xizmat qilishni davom etamiz”. – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar