Turkiya g‘alla bitimini kengaytirilgan miqyosda qayta tiklamoqchi

Kelishuv bo‘yicha aloqalar davom etmoqda, ammo natija g‘arb davlatlarining va’dalarini bajarishiga bog‘liq, dedi Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an.

2023133
Turkiya g‘alla bitimini kengaytirilgan miqyosda qayta tiklamoqchi

 

Turkiya g‘alla bitimini "kengaytirilgan miqyosda" jonlantirmoqchi, dedi mamlakat prezidenti Rajap Tayyip Erdo‘g‘an.

Kelishuv bo‘yicha aloqalar davom etmoqda, ammo natija g‘arb davlatlarining va’dalarini bajarishiga bog‘liq, dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgacha "sodiqlik prinsipi"ga amal qilinmagan. Putinning Turkiyaga tashrifi avgust oyida bo‘lib o‘tishi mumkin, bu uning NATO davlatiga 3,5 yil ichida birinchi safariga aylanadi.

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, mamlakat g‘alla bitimini "kengaytirilgan miqyosda" qayta tiklamoqchi.

Erdo‘g‘an g‘arb davlatlarini g‘alla bitimini Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik bitimi asosiga aylantirishga yordam berishga chaqirdi, deb xabar bermoqda g'arb matbuoti.

Kelishuvni qayta tiklash bo‘yicha aloqalar davom etmoqda, biroq qaror g‘arb davlatlarining "va’dalarini bajarishiga" bog‘liq, deydi Turkiya prezidenti. U qanday va’dalar bajarilmaganiga aniqlik kiritmadi.

"Afsuski, o‘tgan davrlarda sodiqlik tamoyiliga rioya qilinmadi. Qora dengiz tashabbusi bilan yaratilgan ijobiy muhitni o‘t ochishni to‘xtatishga, keyin esa doimiy tinchlikka aylantirish uchun diplomatik qadamlar qo‘yilmadi", dedi Erdo‘g‘an. 

Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, Putin bilan telefon suhbati Rossiyaning talablari va umidlari haqida bevosita ma’lumot bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, u va Putin Afrika davlatlarini g‘alla bilan ta’minlash muhimligi borasida bir fikrga kelgan.

Ma'lumot: G‘alla bo‘yicha kelishuv 2022 yil iyulidan beri amalda bo‘lib, Ukrainaga o‘z donini Qora dengizdagi to‘rtta portdan, jumladan, Odessadan eksport qilish imkonini berdi. G‘alla eksporti Turkiya bo‘g‘ozlari orqali va Turkiya hududida yuklar nazorati ostida amalga oshirildi. 2023 yil iyul oyida Rossiya tomonlarga shartnomani uzaytirishni istamasligi haqida xabar berib, uning shartlari bajarilmaganini e’lon qildi. Shartnoma 2023 yil 18 iyulda yakunlandi. 

Putin Rossiyaning g‘alla bitimiga qaytishi uchun oltita asosiy shartni aytib o‘tdi. Ular orasida, masalan, Rossiya don va o‘g‘itlarini yetkazib berish bo‘yicha sanksiyalarni olib tashlash, oziq-ovqat va o‘g‘itlar yetkazib berish bo‘yicha xizmat ko‘rsatadigan Rossiya banklari va moliya institutlarini SWIFT xalqaro moliyaviy ma’lumotlar almashinuvi tizimiga ulash va Rossiyaga qishloq xo‘jaligi mashinalari va o‘g‘itlar ishlab chiqarish sanoati uchun ehtiyot qismlari yetkazib berishni qayta tiklash. Putin g‘arb davlatlarini va’dalarini bajarmaslikda aybladi va BMT ularga ta’sir o‘tkaza olmasligidan afsusda ekanini bildirdi. 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar