Iroq shimolidagi operatsiyada turk askar halok bo'ldi

21-iyul kuni "Panja-qulf" operatsiyasi hududidagi otishmada og'ir yaralangan serjant Ege Sulaymon Gorece kecha shifoxonada vafot etgani bildirildi.

2023448
Iroq shimolidagi operatsiyada turk askar halok bo'ldi

 

Iroq shimolidagi "Panja-qulf" amaliyoti hududida yaralangan bir askar shahid bo'ldi.

Milliy Mudofaa Vazirligi tomonidan qilingan bayonotda, 21-iyul kuni "Panja-qulf" operatsiyasi hududidagi otishmada og'ir yaralangan serjant Ege Sulaymon Goreceni qutqarib bo'lmagani va kecha shifoxonada vafot etgani bildirildi. 

Bayonotda halok bo'lgan askarning oila-a'zolariga, shuningdek Turk Qurolli Kuchlari va turk xalqiga hamdardlik bildirilgan. 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Panja-qulf

Aloqador xabarlar