Turkiya va Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo'yicha shartnoma imzoladi

Kelishuvga ko'ra, Turkiya va Britaniya politsiya kuchlari odam savdosi bilan shug'ullanuvchi to'dalar va qayiq savdosiga qarshi keng ko'lamli qo'shma operatsiyalar o'tkazadi.

2022224
Turkiya va Britaniya noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bo'yicha shartnoma imzoladi

 

Buyuk Britaniya Turkiya bilan Yevropaga noqonuniy migratsiyani sekinlashtirish uchun shartnoma imzoladi.

Kelishuvga ko'ra, Turkiya va Britaniya politsiya kuchlari odam savdosi bilan shug'ullanuvchi to'dalar va qayiq savdosiga qarshi keng ko'lamli qo'shma operatsiyalar o'tkazadi.

Britaniyada kelasi yili o'tkazilishi kutilayotgan umumiy saylovlar oldidan noqonuniy muhojirlar masalasi kun tartibida bo'lar ekan, hukumat ushbu kelishuv ikki davlat politsiya kuchlari o'rtasidagi hamkorlikni kuchaytirishini ma'lum qildi.

Hukumat tomonidan berilgan bayonotda, yangi kelishuv memorandumi doirasida bojxona ma'lumotlari tezroq almashishi ta'kidlandi.

Britaniya ichki ishlar vaziri Suella Braverman, “Yaqin do’stimiz va ittifoqdoshimiz Turkiya bilan hamkorligimiz politsiya kuchlarimizga bu xalqaro mavzuda hamkorlik qilish imkonini beradi”, dedi.

Bosh vazir Rishi Sunak so'rov natijalariga ko'ra katta farq bilan yetakchilik qilayotgan Mehnat partiyasi bilan farqni qisqartirish maqsadida mamlakatga noqonuniy muhojirlar sonini kamaytirish majburiyatini oldi.


Tanlangan kalimalar: #Buyuk Britaniya , #Turkiya

Aloqador xabarlar