Turkiyadan Yevropaga PKK reaktsiyasi

Bo’lginchi  terror tashkiloti PKKga aloqador shaxslar Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevropa Inson huquqlari mahkamasi (AİHM) binosiga bostirib kirdi.

2020185
Turkiyadan Yevropaga PKK reaktsiyasi

 

Bo’lginchi  terror tashkiloti PKKga aloqador shaxslar Fransiyaning Strasburg shahridagi Yevropa Inson huquqlari mahkamasi (AİHM) binosiga bostirib kirdi.

PKK tarafdorlari AİHM oldida terror lattalarini ochib, Turkiyaga qarshi shiorlar aytishdi.

Turkiya voqeaga keskin munosabat bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi bayonotida,

“PKKga aloqador tuzilmalar, ayniqsa Yevropada zo’ravonlik qo’llashga, turli xalqaro tashkilotlar binolariga zo’rlik bilan kirib, terror tashviqotini amalga oshirishga borgan sari jur’at qilmoqda”, - deyiladi bayonotda.

Yevropa davlatlariga ham munosabat bildirilgan bayonotda,

PKKning so’z va namoyish erkinligi niqobi ostida o’z faoliyatini erkin, jumladan tashviqot olib borishiga ruxsat berish, ayniqsa Yevropa davlatlarida tashkilotni bu kabi noqonuniy va tajovuzkor harakatlarga undaydi”.

Turkiyaning Yevropa Kengashi binosi oldidagi namoyish va harakatlar haqidagi ogohlantirishlarini eslatgan bayonotda,

G’arbga, “PKK terror tashkilotining Yevropadagi targ’ibot, moliyalashtirish va yollash faoliyatini to’xtatish chaqirig’imizni yana bir bor takrorlaymiz” dedi.

Adliya vaziri Yilmaz Tunch, ijtimoiy media hisobi orqali bergan bayonotida, terror tashviqotining oldini ololmaganini  rasvolik  deb baholadi.

Tunch,

“Xalqaro tashkilotlar, ayniqsa Yevropa Ittifoqi tomonidan terror tashkiloti sifatida ko’rilgan PKKning targ’ibotiga ruxsat berish qonunga xilofdir.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar