Turk olimi elektron ko‘krakbog‘i yordamida saraton kasalligini tashxis qilish yo‘lini o‘ylab to‘pdi

Dunyo olimlari mashhur turk fizigi Janan Dag‘deviren haqida gapirmoqda. Chunki endi u,  taqiladigan yurak stimulyatori ixtirochisidir.

2019190
Turk olimi elektron ko‘krakbog‘i yordamida saraton kasalligini tashxis qilish yo‘lini o‘ylab to‘pdi

Turk olimi, elektron ko‘krakbog‘i yordamida saraton kasalligini tashxis qilish yo‘lini o‘ylab to‘pdi.

Dunyo olimlari mashhur turk fizigi Janan Dag‘deviren haqida gapirmoqda. Chunki endi u,  taqiladigan yurak stimulyatori ixtirochisidir.

Muhim ixtironi kashf etgan Dag‘deviren va uning jamoasi, ko‘krak saratoni to‘qimasini aniqlay oladigan elektron ko‘krakbog‘i ishlab chiqdi.

Qurilmadagi ultratovushli datchiklar orqali, hech qanday operatorsiz bir necha soniyada butun sut bezining ultratovush filmi olinmoqda.

Bu orqali ham saraton kasalligi to‘qimalarini erta aniqlash ham da shifokorga murojaat qilmay ayollar o‘z-o‘zini muntazam ravishda nazorat qilish imkoniga ega bo‘ladi.

Ushbu loyihani, 49 yoshida ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan va 6 oy ichida vafot etgan xolasi tufayli yo‘lga qo‘yish haqida qaror qabul qilganini ifoda etgan Dag‘deviren, ijtimoiy tarmoq orqali mavzu haqida:

“Biz bu ishni Fotima xolam so‘nggi 12 kunini yashayotganida, kasalxona yotog‘ida birgalikda orzu qilib, loyihalashtirdik. Endi u tasavvur qilishdan ham yuqori, millionlab ayolning hayotini saqlab qoladi. Men bu vositani barcha ayollarga bag‘ishlayman; siz yolg‘iz emassiz!” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi dotsent doktor Janan Dag‘deviren, o‘z faoliyatini MIT Media Laboratoriyasida davom ettirmoqda.

Turk olimi avvalroq teri saratonini aniqlovchi qurilma bilan taqiladigan yurak stimulyatori loyihasi bilan tibbiyot olamida shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.

 



Aloqador xabarlar