Turkiya va Misr o'zaro savdo hajmini 15 milliard dollarga yetkazmoqchi

Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Misr Sanoat va savdo vaziri Ahmad Samir Solih yetakchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

2019255
Turkiya va Misr o'zaro savdo hajmini 15 milliard dollarga yetkazmoqchi

 

Misr bilan Turkiya o'zaro savdo hajmini 5 yil ichida 15 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilmoqda.

Bu haqda Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat ma'lum qildi.

Turkiya Savdo vaziri O'mer Bolat Misr Sanoat va savdo vaziri Ahmad Samir Solih yetakchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv chog'ida ikki davlat o'rtasidagi savdo va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar iqtisodiy aloqalarda yangi yo'l xaritasini belgilab oldilar.

“Biz Misr bilan oʻzaro savdo hajmini 5 yil ichida 15 milliard dollarga yetkazishga, Erkin savdo kelishuvimizni (STA) takomillashtirish boʻyicha qoʻshma qoʻmita yigʻilishini oʻtkazishga, investitsiyalar va pudratchilik xizmatlari sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirishga, mahalliy savdo imkoniyatlarini oʻrganishga qaror qildik. Ushbu yig'ilishda qabul qilingan qarorlar ijrosini davom ettirish uchun yaqinda Qohirada Tijorat maslahatlashuvi mexanizmi doirasida uchrashishga kelishib oldik",- deydi Turkiya Savdo vaziri.

Vazirlik tomonidan qilingan yozma bayonotda, o'zaro investitsiyalarni ko'paytirish nuqtasida investorlarga kerakli qulayliklarni ta'minlash uchun kuchli hamkorlikni yo'lga qo'yish bo'yicha konsensusga erishilganligi ta'kidlandi.

"Savdo vazirlari o'rtasida so'nggi 10 yil ichida amalga oshirilgan birinchi tashrif bo'lgani sababli muhim ahamiyat kasb etgan uchrashuv, kelgusi davrda ikki davlat o'rtasida rivojlanadigan savdo va iqtisodiy hamkorlik uchun muhim asos bo'ladi",-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Turkiya

Aloqador xabarlar