Hakan Fidan Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

Hakan Fidan suhbat chog‘ida Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha keyingi harakatlar masalasini ko‘targan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

2018503
Hakan Fidan Shvetsiya tashqi ishlar vaziri bilan muloqot qildi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Tobias Billstryom bilan telefon orqali muloqot qildi.

Hakan Fidan suhbat chog‘ida Shvetsiyaning NATOga kirishi bo‘yicha keyingi harakatlar masalasini ko‘targan. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

"Ikki rahbar Shvetsiyaning nufuzli tuzilma – NATOga kirish tashabbusi yuzasidan fikr almashdi, – deyiladi Turkiya TIV manbalarida.

Qayd etish kerak, Shvetsiya o‘tgan yil NATOga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Turkiya Alyans tarkibida bo‘lgani bois, Anqara a’zolikni ratifikatsiya qilishi uchun Stokgolm bajarishi kerak bo‘lgan shartlarni oshkor etgan.  

Shundan so‘ng Anqara Shvetsiyaning ratifikatsiya qilish haqidagi arizasini parlamentga yuborishi va’da qilingan. Muloqot davomida Hakan Fidan Shvetsiyada so‘z erkinligi niqobi ostida vaqti-vaqti bilan o‘tkazilayotgan muqaddas kitob – Qur’onni yoqish harakatiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.  

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan hafta Iroq hukumati musulmon mamlakatlarni Skandinaviya davlatlarida Qur’on yoqib yuborilganiga javob berishga chaqirgandi. Stokgolm politsiyasi Qur’onni yoqish mitingiga ruxsat bergani uchun Bag‘doddagi Shvetsiya elchixonasiga hujum uyushtirildi.  

Darvoqe, Islom hamkorlik tashkiloti bugun – 31 iyulga Shvetsiya va Daniyada Qur’on yoqilishi holatlariga bag‘ishlangan a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirgan.  


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Shvetsiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar