Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiya elchisi Takahiko Katsumata, Jazoir elchisi Amar Belani va Eron elchisi Muhammed Hasan Habibullahzoddan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

2017118
Erdo’g’an Turkiyaga yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

Kecha, 27 iyul kuni xorijiy davlatlarning Turkiyaga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an xorijiy davlatlarning mamlakatga yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Yaponiya elchisi Takahiko Katsumata, Jazoir elchisi Amar Belani va Eron elchisi Muhammed Hasan Habibullahzoddan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezident saroyida bo’lib o’tgan qabul chog’ida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an diplomatik vakolatxonalar rahbarlariga ularning Turkiya bilan do‘stlik rishtalari va ko‘p qirrali hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi mas’uliyatli va sharafli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar va zafarlar tiladi.

Shuningdek, Turkiya Prezidenti yangi tayinlangan elchilar bilan qisqa suhbatlar o‘tkazdi.

Diplomatlar samimiy qabul hamda samarali faoliyat olib borish maqsadida yaratilgan shart-sharoitlar uchun minnatdorlik bildirib, ikki tomonlama aloqalarni har tomonlama rivojlantirish uchun bor kuch-g‘ayratini safarbar qilishini qayd etdilar.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Turkiya

Aloqador xabarlar