Yashar Guler Gretsiyaga hamdardlik bildirdi

Yashar Guler Gretsiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias bilan telefon orqali muloqot qildi.

2016132
Yashar Guler Gretsiyaga hamdardlik bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Yashar Guler Gretsiya Mudofaa vaziri Nikos Dendias bilan telefon orqali muloqot qilib, Gretsiyada yuz bergan halokatda jon bergan uchuvchilar uchun hamdardlik bildirdi.

Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra, Guler grek hamkasbi bilan telefon orqali gaplashdi.

Unda Eg‘ribozdagi Platanistos mintaqasida halokatga uchragan yong‘in o‘chirish samolyoti uchuvchilari uchun hamdardlik bildirgan Yashar Guler, Gretsiyadagi yong‘in o‘chirish ishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Kecha Gretsiya poytaxti Afinadan qariyb 200 kilometr uzoqlikdagi Karisto hududida yong‘inni o‘chirishda ishtirok etgan bir samolyot qular ekan, ichidagi ikki nafar uchuvchi jon berdi.



Aloqador xabarlar