Turkiya Qur’on-i Karimga qarshi takrorlangan hujumlarni keskin qoraladi

Tashqi Ishlar vazirligi Daniyada Qur’on-i Karimga qarshi takrorlangan hujumlar haqida yozma ravishda bayonot berdi.

2015564
Turkiya Qur’on-i Karimga qarshi takrorlangan hujumlarni keskin qoraladi

Turkiya, Daniya poytaxti Kopengagenda Qur’on-i Karimga qarshi takrorlangan hujumlarni keskin qoraladi.

Tashqi Ishlar vazirligi Daniyada Qur’on-i Karimga qarshi takrorlangan hujumlar haqida yozma ravishda bayonot berdi va unda:

“Biz bugun (kecha) Kopengagenda muqaddas kitobimiz Qur’on-i Karimga qarshi takror uyushtirilgan hujumlarni keskin qoralaymiz. Daniya rasmiylari oʻzlarining xalqaro mas’uliyatlari doirasida harakat qilishlari va Islom dini bilan unga ishongan milliardlab insonga nisbatan nafrat uygʻotayotgan bu jirkanch harakatlarning oldini olish uchun zarur choralar koʻrishlari kerak”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Turkiya Din ishlari rahbari Erbash ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali mavzu haqida:

“Ushbu jirkanch hujumni sodir etganlarni va ijtimoiy tinchlikni nishonga olgan bunday xatti-harakatlarga koʻz yumayotgan, ruxsat berish orqali ularni himoyasiga olgan Daniya rasmiylarini keskin qoralayman”.- dedi.

Erbash shuningdek:

“Yevropa bosh boʻlish bilan birga Gʻarb davlatlarida Islom va musulmonlarga qarshi davom ettirilayotgan tizimli dushmanlikka qarshi Islom dunyosi va xalqaro miqyosda vijdonan qattiq pozitsiyada turishga chaqiraman”.-deya gapirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qur’on-i Karim , #Daniya

Aloqador xabarlar