Turkiya Shvetsiyada Qur'onning yoqib yuborilishini keskin qoraladi

"Biz Shvetsiyadan islomga va milliardlab dindorlarga qarshi shu kabi nafrat jinoyatlarining oldini olish choralarini ko‘rishini kutamiz", — deya ma’lum qildi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi.

2014182
Turkiya Shvetsiyada Qur'onning yoqib yuborilishini keskin qoraladi

 

Turkiya Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur'onning yoqib yuborilishini keskin qoraladi.

Tashqi ishlar vazirligi musulmonlarning muqaddas kitobiga qilingan jirkanch hujumni qat’iy qoralab yozma bayonot berdi.

"Biz Shvetsiyadan islomga va milliardlab dindorlarga qarshi shu kabi nafrat jinoyatlarining oldini olish choralarini ko‘rishini kutamiz", — deya ma’lum qildi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi. 

Shuningdek, 28-iyun kuni Stokgolmdagi masjid oldida Qur’onning yoqib yuborilishi ortidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashi 12-iyul kuni qabul qilgan qarori bilan Qur’onga qilingan hujumlarni diniy nafrat sifatida belgilagani eslatildi.

“Biz Shvetsiyadan oʻzining xalqaro masʼuliyati, xususan, BMT, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti va Yevropa Kengashidagi majburiyatlari doirasida Islom diniga va uning milliardlab odamlariga qarshi bu nafrat jinoyatini oldini olish uchun toʻxtatuvchi choralar koʻrishini kutamiz. Turkiya islomofobiya, ksenofobiya, irqchilik va diskriminatsiya sohalarida bunday hujumlar sodir boʻlgan davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyor”,-deyiladi bayonotda.

Eslatish joizki, Shvetsiyada Qur’onni yoqib yuborgan iroqlik Salvan Momika kecha (20-iyul, 2022-yil) Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Qur’on va Iroq bayrog‘ini oyoqlari ostiga olib, Islom dinini haqorat qildi. Momika 28 iyun kuni Qurbon hayitining birinchi kuni Stokgolm masjidi oldida politsiya himoyasi ostida Qur’onni yoqib yuborgandi.

Ko'pgina davlatlar, jumladan AQSh va Rossiya, shuningdek, Islom davlatlari, xususan Turkiya, Iroq, Pokiston, Indoneziya va Afg'oniston bu voqeaga munosabat bildirdi. Iroq hukumati uning harakatini irqchilik deb atadi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar