Erdo‘g‘an:“15 iyul voqealarining unutilishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz"

Erdo’g’an davlatga qarshi to’ntaruv tashabbusining 7 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Turkiya asrining qahramonlari” nomli tadbirda ma'ruza qildi.

2011857
Erdo‘g‘an:“15 iyul voqealarining unutilishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz"

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an “15 iyul voqealarining unutilishiga aslo yo‘l qo‘ymaymiz",-dedi.

Erdo’g’an davlatga qarshi to’ntaruv tashabbusining 7 yilligi munosabati bilan Turkiya prezidenti devonining Axborot-kommunikatsiya boshqarmasi, Istanbul hokimligi va Uskudar hokimligi hamkorligida tashkil etilgan “Turkiya asrining qahramonlari” nomli tadbirda ma'ruza qildi.

"Biz FETO xoinlarini qanday bilib olgan bo'lsak, ularni qo'llab-quvvatlaganlarni ham xotiramizga o‘chmas tarzda muhrladik. 15 Iyul voqealarining 7 yilligi munosabati bilan shuni aytmoqchimanki, 7 yil yoki 70 yil bo’lsa ham, 15 iyul hodisalarining unutilishiga aslo yo’l qo’ymaymiz",-deydi Erdo'g'an.

Prezidentning so'zlariga ko'ra, 15-iyuldagi davlat toʻntarishiga urinishdan maqsad armiya bilan xalq o'rtasiga nifoq solish edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar