Anqarada rasmiylar "15-Iyul" yodgorligiga gulchambar qoʻydi

Turkiyada 2016 yil 15 iyulda FETO terror tashkiloti tomonidan sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish va ushbu xiyonatga qarshilik vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar yodga olindi.

2011845
Anqarada rasmiylar "15-Iyul" yodgorligiga gulchambar qoʻydi

 

Turkiyada 2016 yil 15 iyulda FETO terror tashkiloti tomonidan sodir etilgan davlat to‘ntarishiga urinish va ushbu xiyonatga qarshilik vaqtida halok bo‘lgan fuqarolar yodga olindi.

Bugun 15 iyul voqealariga 7 yil to'lganligi munosabati bilan poytaxt Ankaradagi Beshtepe Millet jome’-masjidida shahidlar duolar bilan yodga olindi.

Mamlakat Vitse-Prezidenti Jevdet Yilmaz prezident saroyi roʻparasida joylashgan "15-iyul" yodgorligiga gulchambar qoʻydi.

"15 Iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni" munosabati bilan Turkiya Buyuk Millat Majlisidagi 15 iyul shahidlar yodgorligi maydonida xotira marosimi uyushtirildi.

Marosimda TBMM raisi Numan Kurtulmush va vitse-prezident Jevdet Yilmaz yodgorlik poyiga gulchambar qo'ydi.

Jevdet Yilmaz tadbirda so’zga chiqib, terror tashkilotiga og’ir zarba berilganini va tashkilotga a’zo shaxslarning davlat muassasalaridan chetlashtirilganini bildirdi.

"Yoshligimizni, kelajagimizni, ozodligimizni nishonga olgan barcha xoinlarga qarshi kurashgan shahidlarimizning qoni yerda qolmaydi. Xalqaro maydonda terror tashkilotlari, ayniqsa FETOning dezinformatsiyalariga kerakli javobni beramiz va diplomatik aloqalarimizda bu mavzudagi talablarimizni xalqaro hamjamiyatga yetkazamiz",-deydi u.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya

Aloqador xabarlar