Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish masalasi borasida to’xtadi

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi yuk olib keladimi yoki foyda keltiradimi, degan mavzu endi ko'proq munozaralarga ochiqligini bildirdi.

2006919
Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lish masalasi borasida to’xtadi

 

Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Shvetsiyaning NATOga a'zo bo'lishi yuk olib keladimi yoki foyda keltiradimi, degan mavzu endi ko'proq munozaralarga ochiqligini bildirdi.

Hakan Fidan poytaxt Anqaraga tashrif buyurgan Iordaniya Bosh vazir o'rinbosari, Tashqi ishlar vaziri va xorijda yashayotgan Iordaniyaliklar Vaziri Ayman Safadi bilan mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

O'tgan oy Shvetsiyada Qur'oni Karimning yoqib yuborilganiga to'xtalib o'tgan Fidan, Stokgolmda "Qur'onga qilingan nafratli hujum va Turkiyaning ogohlantirishlariga qaramasdan bu hujumning uyushtirilganligini" yana bir bor qattiq qoralaganliklarini ta'kidladi.

Fidan shunday davom etdi:

"Bu harakatlarning Shvetsiyada "jamoat himoyasi" ostida amalga oshirilayotgani o'ylantiruvchi voqea. Shvetsiya xavfsizlik tizimi provokatsiyalarning oldini oladigan tuzilmada emasligi bizni strategiya va xavfsizlik haqida o'ylashga majbur qiladi.

  Shvetsiyaning NATOga a'zoligi yuk yoki foyda keltiradimi, hozir ko'proq munozaralar uchun ochiq.

Hakan Fidan ham Isroilning Falastinliklarga qarshi hujumlariga to'xtalib, qoraladi.

Falastinlik begunoh birodarlarimizga qaratilgan reydlar va ko’chmanchilarning hujumlari imkon qadar tezroq to’xtatilishi kerak” dedi.

Fidan, Turkiya va Iordaniyaning mintaqada tinchlikni ta'minlash uchun sa'y-harakatlarini davom ettirishini bildirdi.

Fidan Turkiya va Misr o'rtasidagi munosabatlarga ham baho berdi.

“Tarixiy, geografik, madaniy, strategik va diniy rishtalari tufayli ikki muhim davlat bir-biridan uzoqda turishga qodir emas”. Dedi u,

Bugun qabul qilingan mushtarak qaror bilan o'zaro elchi tayinlashlarini bildirgan Fidan, normallashuv bosqichida katta bir bosqichni ortda qoldirganliklarini qayd etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Misr , #Irodaniya , #NATO , #Shvetsiya , #Hakan Fidan

Aloqador xabarlar