Prezident Erdoʻgʻan Qurbon hayiti munosabati bilan baʻzi kasbdoshlari bilan hayitlashmoqda

Butun Islom olami, jumladan Turkiya, kechadan beri muqaddas Qurbon hayitini nishonlamoqda.

2005243
Prezident Erdoʻgʻan Qurbon hayiti munosabati bilan baʻzi kasbdoshlari bilan hayitlashmoqda

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan, Qurbon hayiti munosabati bilan baʻzi davlat rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident Erdo‘g‘an shu doirada Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid al-Nahyon, Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud, Jazoir Prezidenti Abdulmajid Tabbun bilan alohida-alohida gaplashdi.

Liderlar muloqot chogʻida bir-birlarini Qurbon hayiti bilan tabriklab, uning butun insoniyatga, ayniqsa Turk dunyosi va Islom olamiga tinchlik-xotirjamlik va barakot olib kelishini tiladilar.

Erdoʻgʻan-Toqayev muloqotida Qozogʻistonning Abay viloyatida sodir boʻlgan oʻrmon yongʻinlaridan qaygʻuda ekanini bildirib, Turkiyaning mintaqada qilinadigan ishlar uchun kerakli yordamni berishga tayyorligini ifoda etdi.

Erdoʻgʻan Somali Prezidenti Mahmud bilan boʻlgan uchrashuvida, Somalida siyosiy kelishuv va tinchlik oʻrnatish maqsadida namoyish etilgan keng qamrovli jarayonni yaqindan kuzatib borganini ma’lum qildi va “Sizni qoʻllab-quvvatlashni davom etamiz”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.

Jazoir Prezidenti Tabbun bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Prezident Erdoʻgʻan, Oliy darajali hamkorlik kengashining soʻnggi yigʻilishida qabul qilingan qarorlarni hayotga tatbiq etish jarayonini yaqindan kuzatganini ma’lum qilib, “Sizni qoʻllab-quvvatlashni davom etamiz”.- dedi.



Aloqador xabarlar