Turkiya Shvetsiyadan majburiyatini bajarishni talab qilishda davom etadi

"Aks holda Anqara bu davlatning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishini ma’qullamaydi", dedi “TRT” telekanaliga bergan intervyusida mamlakat parlamenti spikeri Numan Kurtulmush.

2004207
Turkiya Shvetsiyadan majburiyatini bajarishni talab qilishda davom etadi

 

Turkiya parlamenti Shvetsiyadan o‘tgan yil iyun oyida NATO sammiti doirasida imzolangan Madrid memorandumida ko‘zda tutilgan terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha majburiyati bajarilishini kutmoqda. Aks holda Anqara bu davlatning Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishini ma’qullamaydi, dedi “TRT” telekanaliga bergan intervyusida mamlakat parlamenti spikeri Numan Kurtulmush.

“Turkiya memorandum majburiyati alohida bajarilishini kutmoqda. Shvetsiyada terrorizmga qarshi qonun kuchga kirganini ijobiy qabul qilamiz, ammo hujjat ijrosi uchun aniq qadamlar kerak. Bu Turkiyaning adolatli talabi. Aks holda, biz arizani ma’qullamaymiz”, dedi u. 

Prezident Rajap Tayyip Erdog‘an Stokgolmning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasi ma’qullanishi Shvetsiyada 1 iyundan kuchga kirgan terrorga qarshi qonunchilik amalda qo‘llanishi bilan bog‘liqligini aytgan.  

Turkiya mudofaa vaziri Yashar Guler 17 iyun kuni Bryusselda NATO vazirlari yig‘ilishidan so‘ng bergan bayonotida Madridda olgan majburiyatini bajarmaguncha, Shvetsiyaning arizasi ko‘rib chiqilmasligini aytgan.  


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar