Yashar Guler Fransiya mudofaa vaziri Sebastien Lekornu bilan uchrashdi

Guler, kecha  NATO mudofaa vazirlari yig'ilishiga qatnashish uchun Belgiyaning poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida ikki tomonlama uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

2000418
Yashar Guler Fransiya mudofaa vaziri Sebastien Lekornu bilan uchrashdi

Milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, Fransiya Mudofaa vaziri Sebastien Lekornu bilan uchrashdi.

Guler, kecha  NATO mudofaa vazirlari yig'ilishiga qatnashish uchun Belgiyaning poytaxti Bryusseldagi NATO qarorgohida ikki tomonlama uchrashuvlarini davom ettirmoqda.

Shu doirada Guler Fransiya Mudofaa vaziri Lekornu bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonlama va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik va NATO masalalari haqida fikr almashildi va Lekornu, Gulerni shu oy vazir lavozimiga tayinlangani bilan tabrikladi va muvaffaqiyatlar tiladi.

Guler, NATO qarorgohida Gretsiya Mudofaa vaziri Stefanis bilan ham uchrashdi.

Konstruktiv va ijobiy muhitda o'tgan uchrashuvda Guler va Stefanis Turkiya va Gretsiya o'rtasidagi do'stlikka asoslangan kun tartibi va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini rivojlantirish borasida kelishib oldilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar