Prezident Erdo’g’an, Shimoliy Kipr Turk Respublikasida Otaturk yodgorligiga gulchambar qo’ydi

Prezident Rajap Tayyip Erdo’g’an, rasmiy ziyorat bilan borgan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR)dagi uchrashuvlari doirasida Lefko’shadagi Otaturk yodgorligini ziyorat qildi va gulchambar qo’ydi.

1998579

Prezidentlikka qayta saylanganidan keyin ilk xorij ziyorati uchun Shimoliy Kipr Turk Respublikasining poytaxti Lefko’shaga borgan Erdog'an, Otaturk haykalini ziyorat qildi.

Yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, yodgorlik kitobiga imzo chekkan Prezident Erdo‘g‘an, so‘ng o‘zini kutayotgan fuqarolar bilan salomlashdi.

Prezident Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrifi chog’ida o’zaro munosabatlarga doir barcha yo’nalishlarda tashlanishi kerak bo’lgan qadamlar haqida fikr almashadi, Oroldagi voqealarni mintaqaviy va global o’lchovlari bilan batafsil muhokama qiladi.

Prezident Erdog’an ertaga Ozarbayjonga ham tashrif buyuradi.

Prezident Ilhom Aliyev bilan yakkama-yakka va hay’atlararo uchrashuvlar o’tkazadigan Erdog’an, o’zaro aloqalar va hamkorlik sohalarini rivojlantirish uchun tashlanadigan qadamlarni muhokama qiladi.

Uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Aloqador xabarlar