Erdo’g’an Shimoliy Kipr Turk Respublikasi va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

Prezident Rajap Tayyip Erdog’an, davlat an’anasi bo’yicha Prezidentlik saylovidan keyin ilk xorij ziyoratini Shimoliy Kipr Turk Respublikasi (SKTR) va Ozarbayjonga amalga oshiradi.

1998271

Prezident Erdog'an, 28-may kuni bo'lib o'tgan saylovlarda qayta saylanganidan so'ng, ilk chet el ziyoratini Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga qiladi.

Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar va Bosh vazir Unal Ustel bilan uchrashadigan Erdo’g’an, yakkama-yakka uchrashuv va ish tushligidan so’ng Prezidentlik saroyida Tatar bilan mushtarak matbuot anjumani o’tkazadi.

Uchrashuvlar chog'ida, kelajakda Kipr bilan bog'liq qo'yiladigan qadamlar haqida baholar berilishi va Sharqiy O'rtayer dengizidagi o'zgarishlar muhokama qilinishi kutilmoqda.

Prezident Erdo’g'an, Ozarbayjonga tashrifi doirasida Prezident Ilhom Aliyev bilan yakkama-yakka va hay'atlararo uchrashuvlar o'tkazadi.

Ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi qadamlar va hamkorlik sohalari muhokama qilinadigan uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashiladi.

Aloqador xabarlar