Erdo'g’an BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahyon bilan uchrashdi

Ikki davlat rahbari Otaturk aeroporti davlat mehmon uyida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

1998071
Erdo'g’an BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahyon bilan uchrashdi

 

Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g’an Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahyon bilan uchrashdi.

Prezident Erdo'g’an Muhammad bin Zayed Al Nahyonni Istanbuldagi Otaturk aeroportida kutib oldi.

Erdo'g'an va Zayid Al Nahyon kutib olish marosimida Turkiyaning ilk mahalliy va milliy avtomobili Toggni ko'zdan kechirdi.

Keyinroq ikki davlat rahbari Otaturk aeroporti davlat mehmon uyida uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv matbuotga yopiq eshiklar ortida bo'lib o'tdi.

Muhammad bin Zayed Al Nahyon o'zining Twitter sahifasida uchrashuvga munosabatini turk tilida o'rtoqlashdi.

"Prezident Rajab Tayyip Erdo'g'an bilan Istanbulda uchrashganimdan mamnun bo'ldim. Ikki davlatning strategik munosabatlarini mustahkamlash va iqtisodiy sherikliklarini rivojlantirishni muhokama qildik. BAA mintaqada tinchlik va farovonlikni qo'llab-quvvatlash uchun do'st mamlakat Turkiya bilan hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor",-deb yozdi u.

 

Ma'lumki, kecha, 10 iyun kuni Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “Otaturk Olimpiya stadioni”da futbol bo‘yicha Yevropa chempionlar ligasining final bahslari bo'lib o'tdi.

Unda Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi Italiyaning “Inter” klublari o‘zaro to‘qnash keldi. Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an stadiondan turib kuzatib borgan finalda “Manchester Siti” o‘z tarixida ilk bor chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Ushbu final bahsini Prezident Erdog’an, BAA Prezidenti Muhammad bin Zayed Al Nahayan, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob, Iordaniya Bosh vaziri Bisher Al-Hasavneh, Liviya Bosh vaziri Abdulhamid Dibeybe, Chernogoriya Bosh vaziri Dritan Abazovich va Italiya parlamenti spikeri La Russazio tomosha qildi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #BAA , #Turkiya

Aloqador xabarlar