Numan Kurtulmush Turkiya parlamenti spikeri etib saylandi

Ovoz berish jarayoni uchinchi bosqichida g‘olibni 600 deputatdan 321 nafari qo‘llab-quvvatladi.

1996903
Numan Kurtulmush Turkiya parlamenti spikeri etib saylandi

 

Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi o‘rinbosari Numan Kurtulmush Turkiya parlamenti spikeri etib saylandi.

Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.

Ovoz berish jarayoni uchinchi bosqichida g‘olibni 600 deputatdan 321 nafari qo‘llab-quvvatladi.

Parlament raisligiga turli partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan olti kishi da’vogarlik qildi.

Numan Kurtulmush nomzodini hukmron partiya va ittifoqdosh Millatchi harakat partiyasi ilgari surdi.

Saylov tartibiga ko‘ra, ovoz berish uch bosqichda o‘tkazildi. Dastlabki ikki turda g‘alaba qozonish uchun 400 ovoz to‘plash zarur edi.

Eslatma: Numan Kurtulmush 2012 yil Adolat va taraqqiyot partiyasiga a’zo bo’lgan. 2014-2017 yillarda Bosh vazir o‘rinbosari, 2017-2018 yillarda madaniyat vaziri va keyin partiya yetakchisi o‘rinbosari lavozimini egallagan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Numan Kurtulmush

Aloqador xabarlar