Turkiya Kosovoga maxsus kuchlar batalyonini yubordi

Turkiya NATO murojaati bilan 4-5 iyun kunlari Kosovoga maxsus kuchlar batalyonini yubordi. Bu haqda respublika Milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

1995600

“Kosovodagi voqealardan so‘ng NATOning Neapoldagi ittifoqchi kuchlari qo‘mondonligi iltimosiga ko‘ra, Qirqlareli viloyatida joylashgan 65-mexanizatsiyalashgan piyodalar brigadasi komando batalyoni zaxira bo‘linmasi 4-5 iyun kunlari Kosovodagi Sulton Murod harbiy qo‘nalg‘asiga o‘tkazildi.
26 may kuni Kosovoning Zvechan, Zubin-Potok, Leposavich, Siloviki tumanlarida mahalliy saylovdan norozi serblar namoyishidan keyin vaziyat keskinlashgan. To‘qnashuv natijasida ko‘pchilik yaralandi.

Tanlangan kalimalar: #Kosovo , #Turkiya

Aloqador xabarlar