Erdo‘g‘an yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qildi

Davlat rahbari Anqaradagi Chankaya qarorgohida tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat hukumatining yangi a’zolarini tanishtirdi.

1995339
Erdo‘g‘an yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qildi

 

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini e’lon qildi. Davlat rahbari Anqaradagi Chankaya qarorgohida tashkil etilgan matbuot anjumanida mamlakat hukumatining yangi a’zolarini tanishtirdi.

“Turk asrida maqsadlarimizga erishish uchun birgalikda harakat qiladigan yangi Vazirlar Mahkamasini sizlarga taqdim etaman”, deydi Prezident Erdo‘g‘an.

Vazirlar Mahkamasi quyidagi tarkibda tuzildi:

 

Jevdet Yilmaz Turkiyaning yangi vitse-prezidenti etib tayinlandi.

Adliya vaziri - Yilmaz Tunch

Oila va ijtimoiy xizmatlar vaziri – Mahinur O‘zdemir Go‘ktosh

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri - Vedat Ishikxon

Atrof-muhit va urbanizatsiya vaziri - Mehmet Ozxaseki

Tashqi ishlar vaziri – Xoqon Fidan

Energetika va tabiiy resurslar vaziri – Alparslan Bayraktar

Yoshlar va sport vaziri - Usmon Ashkin Bak

G‘aznachilik va moliya vaziri - Mehmet Shimshek

Ichki ishlar vaziri - Ali Yerlikaya

Milliy ta’lim vaziri - Yusuf Tekin

Milliy mudofaa vaziri - Yashar Gyuler

Sog‘liqni saqlash vaziri - Fahrettin Koja

Madaniyat va turizm vaziri - Mehmet Nuri Ersoy

Sanoat va texnologiya vaziri - Mehmet Fatih Kasir

Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri - Ibrohim Yumakli

Savdo vaziri - Omer Bolat

Transport va infratuzilma vaziri - Abdulqodir Uralo‘g‘li

Prezident Erdo‘g‘an Turkiyaning yangi hukumatiga muvaffaqiyatlar tilagan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar