Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Erdo'g'anni muvaffaqiyati uchun tabrikladi

Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati uchun tabrikladi.

1993798
Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Erdo'g'anni muvaffaqiyati uchun tabrikladi

 

Ko'plab davlat rahbarlari, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anni Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichidagi muvaffaqiyati uchun tabrikladi.

Aloqa boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban, telefon orqali qo'ng'iroq qilgan Erdo'g'anni prezidentlikka qayta saylangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda Orban, yangi davrning turk xalqi uchun foydali bo'lishini tilagan.

Jazoir Prezidenti Abdulmejid Tebbun, telefon orqali qo'ng'iroq qilgan Prezident Erdo'g'anni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi va saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo'lishini tiladi.

Somali Prezidenti Hasan Shayx Mahmud Rajab Toyyib Erdo'g'anga telefon orqali qo'ng'iroq qilib, saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Qirg’iziston Prezidenti Sadir Japarov ham Erdog’anga telefon orqali qo’ng’iroq qilib, saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Uchrashuvda har ikki lider ham saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo’lishini tiladi.

Iroq Kurd Mintaqaviy Hukumati (IKRG) rahbari Nechirvan Barzani ham Erdo‘g‘anga telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib, uni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi va saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo‘lishini tiladi.

Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina Vejid ham Erdog'anga telefon qildi.

Uchrashuvda Vejid, Prezident Erdog’anni Prezidentlikka qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi va saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo’lishini tiladi.

Italiya Bosh vaziri Giorgia Meloni ham Erdog’anga qo’ng’iroq qilib, saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo’lishini tilagan holda telefon orqali tabrikladi.

Bahrayn qiroli al-Xalifa Prezident Erdog'anni qayta prezident etib saylangani bilan tabriklab, saylov natijalarining turk xalqi uchun foydali bo'lishini tiladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres, telefon orqali qo'ng'iroq qilgan Prezident Erdo'g'anni qayta saylangani bilan tabrikladi.

Uchrashuvda mintaqaviy masalalar ham muhokama qilindi.

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Tabrikladi , #Prezidnet Erdog'an , #Liderlar , #Dunyo

Aloqador xabarlar