Prezident Erdoʻgʻanni 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilot yetakchisi tabrikladi

Prezident Erdoʻgʻanni qoʻngʻiroq orqali dunyoning 19 davlati rahbari, yozma ravishda 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilot yetakchisi tabrikladi.

1992736
Prezident Erdoʻgʻanni 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilot yetakchisi tabrikladi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanni bugungacha qoʻngʻiroq orqali dunyoning 19 davlati rahbari, yozma ravishda 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilot yetakchisi tabrikladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi boshligʻi Faxrettin Altun, ijtimoiy tarmoq hisobi orqali dunyo liderlari Prezident Erdoʻgʻanni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabriklashni davom etayotganini bildirdi.

“Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Ukraina, Angliya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Falastin, Isroil, Liviya, Pokiston, Gvineya Bissauning davlat va hukumat rahbarlari toʻgʻridan-toʻgʻri telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, Prezident Erdoʻgʻanga tabrik soʻzlarini yetkazdi”.-degan Faxrettin Altun soʻzlari davomida:

“Hurmatli Prezidentimizni bugungacha qoʻngʻiroq orqali dunyoning 19 davlati rahbari, yozma ravishda 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilot yetakchisi tabrikladi. Hurmatli Prezidentimiz, lider diplomatiyasining imkonlarini oʻzaro munosabatlarimizni rivojlantirish, mintaqaviy va global masalalarni hal qilish, tinchlik va barqarolikka hissa qoʻshish uchun foydalanishni yangi davrda ham davom etadi”.-degan ifodalarga oʻrin berdi.



Aloqador xabarlar