AQSh va Rossiya liderlari Prezident Erdoʻgʻanni tabrikladi

Prezident Erdoʻgʻan, AQSh va Rossiya liderlari bilan telefon orqali muloqot qildi.

1992705
AQSh va Rossiya liderlari Prezident Erdoʻgʻanni tabrikladi
biden-erdogan.jpg
erdogan-putin.jpg

Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh) Prezidenti Joe Biden, Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanga telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, qayta saylangani munosabati bilan tabrikladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra, AQSh Prezidenti muloqot chogʻida Prezident Erdoʻgʻanni saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabriklab, natijalarning Turk xalqi uchun hayrli boʻlishini tilagan.

Ikkala lider mintaqaviy va global muammolar oldida Turkiya-AQSh munosabatlarining katta ahamiyatga ega ekanini ifoda etib, yangi davrda ikki davlat oʻrtasidagi barcha mavzularda hamkorlikni yaxshilashga kelishib olgan.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin ham Prezident Erdoʻgʻanga telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, saylovdagi muvaffaqiyati bilan tabrikladi va saylov natijalarining Turk xalqi uchun hayrli boʻlishini tiladi.

Ikkala lider yangi davrda ham Turkiya-Rossiya munosabatlari va mintaqaviy masalalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishib oldi.



Aloqador xabarlar