Mavlud Chavushog'li Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”ga sodir etilgan hujumni qoraladi

“Nafaqat “Turk uyi”ga, balki Amerika Qo’shma Shtatlaridagi boshqa missiyalarimiz uchun ham xavfsizlik choralari ko’rilishini talab qildik”,-deydi Mavlud Chavushog'li.

1989995
Mavlud Chavushog'li Nyu-Yorkdagi “Turk uyi”ga sodir etilgan hujumni qoraladi

 

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavushog'li Amerika Qo'shma Shtatlarining Nyu-York shahridagi “Turk uyi”ga sodir etilgan hujumga munosabat bildirdi.

“Nafaqat “Turk uyi”ga, balki Amerika Qo’shma Shtatlaridagi boshqa missiyalarimiz uchun ham xavfsizlik choralari ko’rilishini talab qildik”,-deydi Mavlud Chavushog'li.

U shuningdek, hujumni sodir etgan shaxs hali qo’lga olinmaganini, tasvirlar borligini va uni qo’lga olish uchun operatsiya davom etayotganini ma’lum qildi.

Chavusho'g'lining ta’kidlashicha, hududda qo'shimcha chora-tadbirlar olinmoqda. Maxsus politsiya guruhi tuzilib, hududda nazoratni ta’minlaydi. Hozircha hujumning nima maqsadga sodir etilgani ma’lum emas. Bu hujumchi qo’lga olinganida aniq bo’ladi.

U shuningdek, hujumni sodir etgan shaxsning barmoq izi topilganini qo’shimcha qildi.

"Biz Nyu-York politsiyasi bilan birga Davlat departamenti ham masalani diqqat bilan kuzatib borayotganini guvohi bo’lib turibmiz. AQSh elchisi Jeff Fleyk so'nggi ishlar haqida ma’lumot berib turibdi, keyin biz telefonda gaplashdik va ularga e'tibor uchun minnatdorlik bildirdik" deydi Turkiya TIV rahbari.

Chavusho’g’li, mezbon davlat sifatida Qo’shma Shtatlar boshqa mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalarini himoya qilishdan mas’ul ekanini ta’kidladi.

"Ushbu shaxsning imkon qadar tezroq qo'lga olinishini kutamiz. Biz nafaqat “Turk uyi”, balki AQShdagi boshqa missiyalarimiz uchun ham qo'shimcha xavfsizlik choralari olinishini talab qildik. Biz vaziyatni Anqaradan turib yaqindan kuzatib boramiz" ,-deb qo’shimcha qilgan Mavlud Chavushog’li.

Eslatma: 22 may kuni Nyu-Yorkdagi Manhetten hududida Turkiya Bosh konsulligi joylashgan “Turk uyi” binosiga hujum uyushtirildi. U yerda Turkiya prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida ovoz berish jarayoni o‘tayotgan bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, binoning o‘ndan ortiq oynalari sindirilgan. Hujum “terrorchilar tarafdorlari” tomonidan amalga oshirilgani aytilmoqda.

Mahalliy telekanallar xabariga ko‘ra, kamida bir kishi mahalliy vaqt bilan soat 03:14 atrofida binoga hujum qilgan. U oynani lom yoki armatura bo‘lagi bilan sindirgan. Turkiya tomoni Nyu-York politsiyasi bilan bog‘langan. Bino atrofi o‘rab olingan va tergov ishlari boshlangan.

Ma’lumot uchun, "Turk uyi" – balandligi 171 m bo‘lgan 36 qavatli osmono‘par bino. U Manhettenda BMT shtab-kvartirasi ro‘parasida joylashgan. Bino 2021 yilda foydalanishga topshirilgan. U Turkiya buyurtmasi bilan qurilgan bo’lib, loyiha Perkins Eastman xalqaro arxitektura byurosi tomonidan ishlab chiqilgan.


Tanlangan kalimalar: #Nyu-York , #Turk uyi , #Turkiya

Aloqador xabarlar