Shahboz Sharif Prezident Erdoʻgʻanni tabrikladi

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan Prezident Erdoʻgʻan telefon orqali muloqot qildi.

1989527
Shahboz Sharif Prezident Erdoʻgʻanni tabrikladi

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻanni, Turkiyada 14-may kuni boʻlib oʻtgan saylovlarda erishgan muvaffaqiyati bilan tabrikladi.

Turkiya Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va kommunikatsiyalar boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga koʻra Pokiston Bosh vaziri Sharif bilan Prezident Erdoʻgʻan telefon orqali muloqot qilgan. Ushbu muloqot chogʻida Shaboz Sharif Prezident Erdoʻgʻanga saylovning ikkinchi bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilab, saylovlarning Turk xalqi uchun xayrli boʻlishini yetkazgan.



Aloqador xabarlar