Erdo‘g‘an yer silkinishi yuz bergan hududdagi faoliyatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Erdo‘g‘an Adiyamandagi K2B Konteyner shaharchasida yurtdoshlariga xitob etdi.

1988789
Erdo‘g‘an yer silkinishi yuz bergan hududdagi faoliyatlarga e’tibor qaratdi

Prezident Rejep Tayyib Erdo‘g‘an, yer silkinishi yuz bergan hududda qurilayotgan uylar kalitini joriy yilning oktabr-noyabr oylarida topshira boshlashlarini bildirdi. 

Prezident Erdo‘g‘an Adiyamandagi K2B Konteyner shaharchasida yurtdoshlariga xitob etdi.

6-fevral kuni o‘chog‘i Kahramanmarash deb qayd etilgan va mamlakatning 11 viloyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan yer silkinishlarining ilk kunlarida ba’zi kamchiliklar bo‘lishiga qaramay, ularni hal qilib, Adiyamanni qayta tiklash ishlariga kirishganliklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an:

“Qurbon bo‘lgan jonlarni qaytarib ololmasak ham, qolgan yo‘qotishlarning o‘rnini to‘ldirishda qarorimiz qat’iydir./.../ Uyi foydalanishdan chiqqan oxirgi fuqaromizni ham yangi uyiga qovushtirgunga qadar mehnat qilamiz. Maqsadimiz, yangi uylar kalitini oktabr-noyabr oylarida topshira boshlashdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qishloq uylari qurilishi davom etayotganini qayd etgan Erdo‘g‘an, vaqtincha boshqa shaharlarga ketgan yer silkinishi qurbonlarini ham yolg‘iz qo‘ymaganliklariga e’tibor qaratdi.



Aloqador xabarlar