14-may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

Oliy saylov kengashi (YSK) 14-may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining yakuniy natijalarini e’lon qildi.

1988521
14-may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi

 

Oliy saylov kengashi (YSK) 14-may kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovining yakuniy natijalarini e’lon qildi.

Shunga ko'ra, Rejep Tayyip Erdo'g'an 49,52 foiz, Muharrem Inje 0,43 foiz, Kamol Kilichdarog'lu 44,88 foiz va Sinan Ogan 5,17 foiz ovoz oldi.

Saylovchilarning faolligi 87,04 foizni tashkil etdi.

Qarorga ko‘ra, nomzodlarning hech biri haqiqiy ovozlarning mutlaq ko‘pchiligini olmadi.

Eng ko’p ovoz olgan nomzodlar Erdo’g’an va Kilichdarog’lu prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida saylovga boradi.

28-may, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda ko‘pchilik haqiqiy ovoz olgan nomzod prezidentlikka saylanadi.

 

 



Aloqador xabarlar