Xorijdagi saylov uchastkalarida ovoz berish 20 may kuni boshlanadi

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichi xorijdagi saylov uchastkalarida 20 may kuni boshlanadi. Bu haqda Turkiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

1987411
Xorijdagi saylov uchastkalarida ovoz berish 20 may kuni boshlanadi

 

Turkiyadagi prezidentlik saylovlarining 2-bosqichi xorijdagi saylov uchastkalarida 20 may kuni boshlanadi. Bu haqda Turkiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, birinchi bosqichning yakuniy natijalari 19 may kuni hukumat rasmiy gazetasida e’lon qilinadi, shundan so‘ng ikkinchi turda ovoz berish boshlanadi. U 20 maydan 24 maygacha davom etadi.

Xuddi shu kuni saylovning birinchi bosqichida ko‘pchilik ovoz olgan amaldagi Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘an va muxolifat yetakchisi Kemal Kilichdaro‘g‘li televideniye va radio orqali saylovoldi tashviqotini boshlashlari mumkin bo‘ladi.

27 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00dan e’tiboran Turkiyada saylovoldi tashviqoti va cheklovlari, xususan, ichimlik shoxobchalari faoliyati va spirtli ichimliklarni sotishni taqiqlash 28 may kuni soat 24:00 gacha kuchga kiradi. 

Ikkinchi bosqichning dastlabki rasmiy natijalari 29 may kuni, yakuniy natijasi esa 1 iyun kuni hukumat rasmiy gazetasida e’lon qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 14 may kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublika prezidentligiga uch nomzodning birortasi ham 50 foizdan ko‘proq ovoz ololmagandi.  Birinchi turda Turkiyaning amaldagi Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an 49,51 foiz, muxolifat yetakchisi Kemal Kilichdaro‘g‘li 44,88 foiz, “ATA” alyansi nomzodi Sinan Og‘an esa 5,17 foiz ovoz oldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn qirolligi, Xitoy Xalq Respublikasi, Estoniya, Italiya, Yaponiya, Ummon sultonligi, Ispaniya, Singapur, Irlandiya, Isroil, Yangi Zelandiya, Shvetsiya, Shveysariyada yashayotgan turkiyaliklarning ko‘p qismi  Kilichdaro‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan bo’lsa, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjonda Erdo‘g‘anning qo‘li baland keldi.

Biroq umumiy hisobda hech bir nomzod 50 foizdan ko‘p ovoz to‘plolmagach, Turkiya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ahmed Yener mamlakatda prezidentlik saylovining 2-turi 28 may kuni o‘tkazilishini e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #saylov , #Turkiya

Aloqador xabarlar